O‘FA yangi tashkil etilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super Ligasi o‘yinlariga jiddiy e’tibor qaratayotgani sir emas. Bungacha yangi format ishlab chiqqan tashkilot, chempionatga qur’a tashlash marosimini yuqori saviyada o‘tkazgandi.
O‘zbekistonning 5 ta yetakchi klubi rahbarlari Angliyaning “Everton” klubida malaka oshiradigan bo‘ldi
Kecha — 7-fevral kuni Super Liga klublarining marketing xodimlari ish o‘rganish uchun Yaponiyaga yo‘l oldi, deb yozdi O‘FA matbuot xizmati. Ular 8—12-fevral kunlari davomida Yaponiya Jey Ligasi mutaxassislaridan dars oladi va seminarlarda ishtirok etadi. Bunda yaponiyaliklar Jey Liga va uning klublari uchun homiylarni, reklama beruvchilarni qanday qilib topish, ular bilan qanday ishlash borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.Parijda Fransiya va O‘zbekiston futbol federatsiyalari rahbarlari o‘zaro hamkorlik borasida kelishib oldi
Yaponiya Jey Ligasida marketing sohasi ancha rivojlangan. 2017-yilgi mavsumning o‘zida ular 240 million AQSh dollari miqdorida homiylik mablag‘lariga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)