Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Latviya sobiq prezidenti Berzinshning sobiq rafiqasi Datse Seysuma eri bilan ajrashganidan keyin moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolganidan nolidi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ajrimdan keyin endokrinolog shifokor oyligi bilan yashayapman. Kasalxonada to‘rt soat ishlashim kerak, ammo aslida haftada bir martagina shunday bo‘ladi, qolgan kunlari ish vaqtidan tashqari ham ishlayman, buning uchun esa hech kim oylik to‘lamaydi… Klinikadan chiqayotib, o‘zimni ruhiy va jismoniy jihatdan tushkun his qilaman, biroq hozirda boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi Seysuma.

U, shuningdek, avvallari kiyim-kechak sotib olishga ishlatgan mablag‘ni endi bir necha oy davomidagina ishlab topayotganini aytdi.

Andris Berzinsh 2011—2015-yillarda Latviya prezidenti bo‘lgan. Sobiq prezident millioner bo‘lib, 30 dan ortiq yer uchastkalari va bir qator imoratlarga egalik qiladi. Seysuma bilan 2001—2016-yillarda nikohda bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi