Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Chorak finalda Vyetnam bilan to‘qnash kelgan o‘zbekistonlik futzalchilar 2:1 hisobida zafar quchdi. Mashrab Odilov, Ilhom Hamroyev hamda Davron Choriyev tomonidan urilgan gollarga vyetnamlik futzalchilar bir marta javob qaytardi. Ular musobaqani Malayziyadan uchralgan xuddi shu hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshlab, keyinroq Bahrayn va Xitoy Taypeni taslim qilishga erishgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Eron bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Forslar futzal sport turida Osiyoning eng kuchli vakillari hisoblanadi. Ular qit’a chempionatida eng ko‘p bor zafar quchgan.
Chorak finalda Eron Tailand ustidan 9:1 hisobida g‘olib chiqdi. O‘rta hisobda eronlik futzalchilar har bir o‘yinda 9 tadan gol urishning uddasidan chiqmoqda. Ikki yil avval O‘zbekiston va Eron termalari Toshkentdagi qit’a chempionatining finalida to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘yin forslarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Osiyo Chempionati Chorak final 8-fevral, payshanba
Izoh (0)