Tayvanning shimoli-sharqida 6-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda joylashgan. TJournal zilzila oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Mavzuga doir: Tayvanda zilzila oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi
Yer silkinishi oqibatida mehmonxonalardan biri vayron bo‘lgan. Uning ichida necha kishi bo‘lgani noma’lum. Restoran, harbiy kasalxona va ikkita ko‘p qavatli uy zararlangan, kamida 35 mingta kvartira va uy suv ta’minotisiz qolgan.
Izoh (0)