Tayvandagi zilzila oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 225 kishi jarohat oldi. Yana 145 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda qutqaruvchilarga tayanib, CNA agentligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “TVC”

Kuni kecha, 6-fevral kuni Tayvanda 6,0 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Xualyan shahridan 18,3 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashdi. Zilziladan so‘ng bir nechta aftershok qayd etildi.

Yer silkinishi oqibatida Marshal mehmonxonasining binosi vayron bo‘ldi, shuningdek, bir nechta boshqa mehmonxonalar va ko‘plab shahar binolariga shikast yetdi.

30 mingga yaqin turar joy suv ta’minoti va elektrdan mahrum bo‘ldi. Yer silkinishi oqibatida ko‘plab ko‘chalarda yoriqlar paydo bo‘ldi, bir nechta ko‘priklar kuchli shikastlandi. Hozirgi paytda qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etish va bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.