Tevis Makginn 2017-yilda Facebook’ga ishga joylashdi. U kompaniya marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanishga umid qildi. Buning o‘rniga unga odamlar qanday munosabatda ekanligini aniqlash uchun Mark Sukerberg imidjini kuzatib borish vazifasi topshirildi, deb yozadi Meduza.
Makginn dunyoning yirik ijtimoiy tarmog‘i asoschisi bayonotlariga qarab uning obrazi qanday o‘zgarib borayotganligini har kuni tekshirishi lozim edi.
Tevis The Verge jurnalistlariga ma’lum qilishicha, uning vazifasiga butun dunyo bo‘ylab fokus-guruhlar tashkil etib, odamlar Sukerbergga ishonish-ishonmasligi, uni nima sababdan yoqtirishlari va u haqda eshitgan-eshitmaganliklarini aniqlash kirar edi. Oxirgi masala AQSh chegarasidan tashqaridagi auditoriyaga taalluqli edi. Makginnning so‘zlariga qaraganda, Sukerberg uning har bir harakatini qanday qabul qilayotganliklarini bilishni xohlagan.
“Facebook — bu Mark”, — deydi Makginn. U 33 yoshli tadbirkor ijtimoiy tarmoqning ikki milliardlik auditoriyasi ustidan mislsiz hukmronlik qiladi deb hisoblaydi. U Facebook’da yarim yil ishlagandan so‘ng ijtimoiy tarmoq dunyoni faqat yomon tomonga o‘zgartirayapti degan fikrga kelib, ishdan bo‘shadi.