Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi ma’lumotlariga qaraganda, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlarga yordam ko‘rsatadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Mazkur kelishuv haqida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining hamkorlik uchrashuvida aytilgan.

Endilikda TIKA’ning muqobil energiya manbalari yordamida sug‘orish tizimlarini rivojlantirish dasturi yosh fermerlar faoliyatida joriy etiladi. Ushbu innovatsion loyiha quyosh energiyasidan foydalanib, suv chiqishi qiyin bo‘lgan maydonlarni sug‘orish imkonini beradi.

Shuningdek, yosh fermerlar faoliyatida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar ilgari surilgan. Ularga ko‘ra, O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi TIKA bilan birgalikda yosh fermerlarga Turkiyadan asalarichilikni rivojlantirishda zarur bo‘ladigan zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim