NASA agentligi Marsda panorama yo‘li bilan olingan videoni taqdim etdi. Videoni Curiosity marsoxodi olgan, deb xabar beradi “Afisha Daily”.

Foto: NASA

Yaxshi ob-havo tufayli marsoxod sifatli tasvir olishga erishdi.

Curiosity Marsga 2012-yil 6-avgustida tushirilgan edi. Marsoxodning asosiy maqsadi — sayyora geologiya va iqlimi haqida ma’lumot to‘plab, unda yashash uchun sharoit bor-yo‘qligini tekshirish.