Iroq xavfsizlik kuchlari IShID terrorchi guruhining neft sanoati rahbarini hibsga oldi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangari Suriyaga o‘tib ketishga harakat qilganida ushlangan. Terrorchilar kolonnasi Iroqning Nineviya viloyatida harakatlangan, chegarani kesib o‘tishga uringanida xavfsizlik kuchlari tomonidan hujumga uchrab, qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan shaxslar orasida IShID “neft vaziri” sifatida ma’lum Abdulg‘ani Zarg‘om Abdulsamo ham identifikatsiya qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)