Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018-yil 1- yanvar holatiga 172,240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi. Bu haqda adliya vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.
2018-yil uchun tasdiqlangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i:
- Eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 7,5 foiz miqdorda;
- Eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 16,5 foiz miqdorda;
- Eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqori daromaddan 22,5 foiz miqdorda undiriladi.