O‘zbekiston Saudiya rivojlanish fondi bilan 50 million dollarlik zayom kelishuvi imzoladi. Bu haqda, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hujjat O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida imzolandi.
Aytilishicha, mablag‘ “Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari qishloq hududlarida zamonaviy uy-joy qurilishi” loyihasini amalga oshirishga qaratiladi.
Loyiha shu viloyatlarda namunali loyihalar asosida 2 mingdan ortiq uylar quriladi. Shuningdek, suv ta’minoti, gaz quvuri, elektr tarmoqlari, yo‘llari, ijtimoiy markazlar va sport maydonlari, maktablar, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va avtobus bekatlari barpo etiladi.
Izoh (0)