AQShda Aegis Ashore Missile Defense Test Complex (AAMDTC) raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Amerikalik harbiylar tizimni nishonga olish vositalaridan biri — SM-3 Block IIA zenit boshqariluvchi raketani sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan edi.
SM-3 Block IIA raketasi Gavayidagi Aegis Ashore sinov poligonidan uchirilgan, biroq samolyotdan uchirilgan boshqa raketani urib tushira olmagan.
AQSh raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha agentlik sinov natijalariga izoh bermadi, biroq shunday sinovlar amalga oshirilganligini tasdiqladi.
Izoh (0)