2017-yilda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar soni o‘tgan yildagiga nisbatan 160 ming nafarga ko‘paydi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2012—2017-yillarda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 41 taga ko‘payib, 546 taga etgan.
Shu yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018-yil reja ko‘rsatkichlarida qayd etilishicha, 2017-yilda yangi MTMlar tashkil etilmagan.
Joriy yilda 21-ta MTM ochilishi natijasida poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan bog‘chalarning umumiy soni 567 taga etkaziladi. Ular 1 million 270 ming tarbiyalanuvchini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)