Gavayi orollaridagi aholi mobil telefonlariga raketa zarbasi haqidagi yolg‘on trevogani olgandan so‘ng, rasmiylar buni inson xatosiga yo‘ydi. Biroq buning uchun javobgar xodim xabarni ataylab tarqatganligini ta’kidlamoqda. Bu haqda AQSh aloqa federal komissiyasining dastlabki hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi TJournal.
Trevogani tarqatgan kishining shaxsi sir tutilmoqda. Biroq boshqarma hisobotiga ko‘ra, xodim raketa zarbasi yuz berishi mumkinligiga ishongan. U ogohlantirishni ataylab yuborganligini tan olgan.
Aloqa komissiyasining ma’lum qilishicha, hodisa favqullodda xabardor qilish stansiyasi xodimlari smena almashuvi vaqtida yuz bergan. Tungi smena xodimi telefonidagi allaqanday yozuvni yoqqan. U trevoga o‘quv-mashqqa oid ekanligini anglatgan. Keyin qaysidir sababga ko‘ra, real tahdid haqida ogohlantiruvchi xabar ishga tushgan.
Izoh (0)