AQSh davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells mazkur haftada O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Elis Uells Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturi doirasida erishilgan yutuqlar, xalqaro va hududiy masalalar, shuningdek iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun yuqori martabali rasmiy shaxslar bilan uchrashadi.
Elis Uells O‘zbekistonga kelguniga qadar ya’ni 30-yanvar kuni Londonga borib, Buyuk Britaniya hukumatining mansabdor shaxslari bilan uchrashadi va strategik tadqiqotlar xalqaro institutida hududiy masalalarni muhokama qiladi.
Izoh (0)