30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a’zosi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir doirasida Turkmanistonning Jamg‘armadagi raisligi davriga mo‘ljallangan ish rejasi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Izoh (0)