Mirobod tumanida 25 gramm marixuanani sotishga uringan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
“25-yanvar kuni soat 20:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida 1988-yilda tug‘ilgan Shadiyev Xusniddin Raxmatullayevich to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan sotish maqsadida saqlab kelayotgan 25,54 gramm marixuana aniqlab olindi”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)