O‘zbekistonda Xitoyning OnePlus kompaniyasi smartfonlari sotila boshladi. Shu paytgacha bu smartfonlarni faqat buyurtma orqali sotib olish mumkin edi. Hozircha bozorda faqat bitta model — OnePlus 5 taklif qilinmoqda, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Foto: “Mobinfo.uz”

OnePlus 5 modelini 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotirali top-versiyada sotib olish mumkin. Qolgan xususiyatlariga kelsak, devays 5,5 dyuymli Full HD AMOLED-displey, Snapdragon 835 chipseti, 12 megapikselli asosiy qo‘sh kamera, 16 megapikselli old kamera, old paneldagi barmoq izi skaneri, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator, Dash Charge tezkor quvvat olish funksiyasiga ega.

Smartfon Oxygen OS proshivkali Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Toshkentdagi “Malika” savdo markazida OnePlus 5 smartfoni 4 428 000 so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.