26-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish sur’atlaridan mamnunligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarga, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibiga oid keng miqyosdagi masalalar muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Prezidentlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga hozirliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)