10-fevral kuni Kuba jamoasiga qarshi janglar bilan WSB musobaqasiga kiradigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Hindistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hindiston mezbonligida o‘tadigan Indian Open xalqaro turniri o‘zbekistonliklar uchun WSB musobaqasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Musobaqa 28-yanvarda start olib, 1-fevral kuni o‘z yakuniga yetadi.
O‘zbekiston termasi turnirda barcha — 10 ta vazn toifasida chempionlik uchun kurash olib boradi. Ishtirokchi charm qo‘lqop ustalari bilan tanishing:
- -49 kg: Mironshoh Ibrigamov
- -52 kg: Xudoynazar Fayzov
- -56 kg: Abdulxay Shorahmatov
- -60 kg: Sherbek Rahmatullayev
- -64 kg: Iqbol Xoldorov
- -69 kg: Bobousmon Boturov
- -75 kg: Isroil Madrimov
- -91 kg: Sanjar Tursunov
- +91 kg: Bahodir Jalolov
- +91 kg: Laziz Mullajonov
Izoh (0)