Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi tribunasidan qanday qilib internet dasturlar terrorchilar va jinoyatchilar qo‘lida qulay vositaga aylanishi mumkinligini Telegram misolida eslatib o‘tish niyatida. Uning nutqidan parchalar bosh vazir devonxonasi matbuot xizmati tomonidan tarqatildi, deb yozadi “TASS”.
Mey internet-gigantlari ekstremistik mazmundagi kontentlarni avtomatik o‘chirishda faolroq bo‘lish zarurati haqida so‘zlay turib, tarmoqlararo harakatlar talab etilishi, chunki kichikroq o‘lchamdagi platformalar jinoyatchilar va terrorchilar uchun tezroq boshpana bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
“Telegram bilan nima yuz berganligini ko‘rdik. Bu kabi kichikroq platformalar faolroq hamkorlik qilishi talab etiladi. Hech kim uni ‘terrorchilar platformasi’ yoki pedofillar uchun optimal variant sifatida bilishlarini istamaydi”, — deyiladi Mey murojaatida.
Izoh (0)