AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatidagi ash-Sha’fo aholi yashash punkti bombalandi, buning oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, aviahujumlar 24-yanvar kuni amalga oshirilgan edi. Asosan tinch fuqarolar istiqomat qiladigan hududlar o‘qqa tutilgani aytilmoqda.
Ash-Sha’fo muqaddam jangarilarning tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan Abu Kamol shahri yaqinida joylashgan.
Izoh (0)