Turkiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlari 22-yanvar, dushanba kuni Suriya shimolidagi Afrin chegara hududida “O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari” kurd otryadlari pozitsiyalariga zarbalar berishni yana yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Firat agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Jilbara qishlog‘i atrofiga uyushtirilgan reydlardan birida qo‘shni Idlibdan ko‘chib kelgan 11 nafar suriyalik qochoq, jumladan, yetti nafar bola va o’smir halok bo‘lgan.
Kurd jangarilari 21-yanvar, yakshanba kuni Anqara tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi “Suriya ozodlik armiyasi” tuzilmasiga keskin qarshilik ko‘rsatgan va Turkiya tankini shikastlagan Bilbil chegara sektori ham bombardimon qilingan.
Izoh (0)