Buyuk Britaniya Bosh shtabi rahbari Nik Karter Rossiya tomonidan o‘sib borayotgan tahdid fonida mudofaa xarajatlarini oshirishni taklif qilgan hisobot tayyorladi, deb yozadi “RBK”.
Karterning Londondagi chiqishi uchun tayyorlangan hisobotda Buyuk Britaniya qurolli kuchlar moliyalashtirilishining hozirgi darajasi bilan Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan gibrid urush tahdidini yengishga qodir emasligi ma’lum qilinadi.
Hujjatda harbiylar, shuningdek fuqarolarga nisbatan kiberhujumlarga alohida o‘rin ajratiladi. Karter, shuningdek, Rossiyani xorijdagi urushlar uchun o‘z kuchlarini nomuvofiq kuchaytirishda aybladi.
“Muxolifatchilarimizdan ortda qolsak, boshqa mamlakatlar tahdidlariga javob qaytarish va oldini oluvchi zarbalar berish imkoniyatimiz yo‘qqa chiqadi”, — deydi u.
Izoh (0)