Yaponiya KXDR bilan diplomatik aloqalarni davom ettirayotgan Afrikaning rivojlanayotgan davlatlariga Pxenyanga nisbatan BMT Xafvsizlik kengashi sanksiyalar rejimiga amal qilinishini ta’minlashda ko‘maklashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 21-yanvar, yakshanba kuni Kyodo agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yangi choralar, birinchi navbatda, mahalliy aholini kasbiy tayyorlash, shuningdek, pullarni yuvish va qurol savdosining oldini olish sohalarida yordam ko‘rsatishga daxl qiladi. Yaponiya rasmiylarining fikricha, bu raketa va yadro dasturlarini rivojlantirish uchun valyuta olishda Pxenyanga to‘sqinlik qilishi lozim.
Bundan tashqari, Tokio Afrika mamlakatlari bojxona boshqarmalari vakillarining qurol yetkazishni nazorat qilishga bag‘ishlangan konferensiyalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Yaponiya TIV ushbu maqsadlar uchun mart oyi oxiriga qadar 1,2 milliard iyenga yaqin (10,8 million dollar) mablag‘ ajratadi.
Izoh (0)