Nyu-Yorkning asosiy ramzlaridan biri — Ozodlik haykali 20-yanvar, shanba kuni federal hukumat moliyalashtirilishi vaqtinchalik to‘xtatilishi tufayli tashrif buyurish uchun yopildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Manxettendagi bandargohda sayyohlar hozircha Ozodlik haykali va Ellis orolidagi boshqa diqqatga sazovor joylarni yaqin masofadan ko‘ra olmasligi haqidagi taxtachalar qo‘yilgan.
Ushbu obyektlar rasmiy saytida mazkur choraga budjetdan mablag‘ ajratilishining vaqtinchalik to‘xtalishi sabab bo‘lganligi ma’lum qilingan. Chipta xarid qilganlar buning o‘rniga boshqa ekskursiyaga borishi mumkin.
Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo mazkur diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishni yana yo‘lga qo‘yish uchun imkon boricha tezroq mablag‘ topishga harakat qilishini bildirdi.
Izoh (0)