Bangkokdagi portlashlar tashkilotchisi sud tomonidan jami 111 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Portlash oqibatida 30 ga yaqin odam yaralangan edi. Bu haqda 19-yanvar, juma kuni Bangkok Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avval elektr tarmoq kompaniyasida muhandis bo‘lib ishlagan 62 yoshli Vattana Pumret 2017-yil oxirida Bangkokning Pxramongkutklao shifoxonasi hududida 2017-yilning 22-may kuni uyushtirgan portlash uchun dastlab to‘rt, keyin 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
18-yanvar, payshanba kuni sud sobiq muhandisni Bangkokdagi yana uchta portlashda aybdor deb topib, 80 yil va olti oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Boshqa ikki portlash ham 2017-yilning mayida sodir bo‘lgan. Uchinchi portlash esa 2007-yilda yuz bergan.
Vattana Pumret sud majlisi davomida aybini to‘liq tan oldi. Sud, shuningdek, jabrlanuvchilarga 140 ming bat miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi.
Izoh (0)