Jahon meteorologik tashkiloti mutaxassislari 2015, 2016 va 2017-yillarni Yerdagi iqlim va ob-havoni tizimli kuzatishlar davomidagi eng issiq yillar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda meteorologlar 18-yanvar kuni Jenevada ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ulardan eng issig‘i 2016-yil deb topildi. “Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015, 2016 va 2017-yillar kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar bo‘ldi. Bu iqlimning uzoq muddatli o‘zgarishi davom etayotganligi yorqin belgisidir”, — deyiladi Jahon meteorologik tashkiloti xabarida.
Tashkilot o‘tgan yili Yer yuzasidagi o‘rtacha havo harorati sanoat asridan avvalgi (1750-yilgacha) ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 1,1 daraja yuqori bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)