Shvetsiya rasmiylari Rossiya Federatsiyasi tomonidan Boltiq hududida tajovuz ehtimoli haqidagi ogohlantirish mazmuniga ega varaqalarni tayyorlamoqda. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Reuters

Varaqalar 4,7 million xonadon uchun chiqarilishi ta’kidlanmoqda. Ular Rossiya tomonidan tahdidlar ehtimolining oshib borishi sharoitida fuqarolarni tinchlik davrida inqirozlar va halokatlarga tayyorlanishga da’vat qilish mazmuniga ega.

Varaqalarda mamlakat aholisiga favqulodda vaziyatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, munitsipal hokimiyatlarga sovuq urush davrida qurilgan bombapanohgohni jihozlash buyuriladi.