Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlarining “arab bahori” — 2011-yilda arab davlatlarining ko‘pchiligi bo‘ylab o‘tgan to‘ntarishlar va ommaviy norozilik to‘lqinlari va undan keyingi voqealar oqibatidagi yo‘qotishlari 900 milliard dollarni tashkil etdi. Mazkur ma’lumotlarni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy keltirib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
As-Sisiyning so‘zlariga ko‘ra, urushlar, ichki ixtiloflar va to‘ntarishlar oqibatida ushbu davrda mintaqada 1,4 million kishi halok bo‘lgan, yana 15 millioni qochoqqa aylangan.
Shu bilan birga, as-Sisiyning ta’kidlashicha, 2013-yilning iyulidan (prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgan) buyon vaziyat barqarorlashmoqda. O‘tgan to‘rt yil ichida ishlab chiqarishning turli sohalarida 11 ming korxona barpo etilgan, inflyatsiya 35 foizdan 22 foizga qisqargan.
Izoh (0)