Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Prezidenti raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Xabar.uz”.
Ma’lumot berilishicha, yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash o‘zbek xalqining millat sifatida yuksak madaniyatga ega ekanini ko‘rsatib berishini ta’kidlagan.
“Biz ushbu tarixiy sanani munosib kutib olishimiz kerak. Agar yana tarixga hurmatsizlik qilinsa, endi xalqimiz zinhor kechirmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, mazkur sana bilan bog‘liq tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni nazorat qilishni Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovga topshirdi.
Izoh (0)