Toshkent shahrining Yashnobod tumanida piyodaning o‘limiga olib kelgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda UzNews xabar qildi.
Aytilishicha, 15-yanvar kuni soat 7:00 da Yashnobod tumanining Parkent ko‘chasida Damas haydovchisi piyodani urib ketgan.
37 yoshli haydovchi 42 yoshli fuqaroni urib yuborgan, buning natijasida jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)