Rossiyalik sobiq tennischi Anna Kurnikova va ispaniyalik qo‘shiqchi Enrike Iglesias o‘z farzandlarining suratlarini Instagram’dagi sahifalariga joylashtirdi.
36 yoshli sportchi va 42 yoshli qo‘shiqchi suratlarga bir xil — “Mening quyoshim” deya izoh qoldirgan.
Kurnikova egiz farzandni dunyoga keltirgani haqida 2017-yilning dekabrida ma’lum bo‘lgandi.
Qo‘shiqchi va sobiq tennischi 2001-yilda beri birga bo‘lsada, egizaklar ularning birinchi farzandlari hisoblanadi. 36 yoshli Kurnikova 2003-yilda jarohati sabab tennisdagi faoliyatini yakunlagan edi.
Izoh (0)