Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ichki ishlar xodimlariga o‘g‘rilik haqida yolg‘on axborot bergan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“10-yanvar kuni soat 22:50 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Xamidov Baxtiyor Shukurovichdan unga tegishli Matiz rusumli avtomashinasi tuman hududida olib qochilgani haqida habar kelib tushdi”, — deyiladi axborotda.
Xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yetib bordi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida B.Sh. Xamidovning boshqaruvida bo‘lgan Matiz Chilonzor tumani S-mavzesi hududida qulflangan va soz holatda turgani, fuqaro mast holda bo‘la turib, uning avtomashinasi olib qochilgani haqida yolg‘on xabar bergani aniqlandi.
Holat yuzasidan B.Sh. Xamidovga nisbatan MJtKning 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh (0)