Qozog‘iston Suriya mojarosi yechimini topishda katta ulush qo‘shmoqda. Bu haqda 12-yanvar, juma kuni BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yencha Suriyadagi mojarolarni hal etishda Ostona muzokaralarining “ulkan ulush”iga urg‘u berdi va Qozog‘iston poytaxtidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha deeskalatsiya zonasi yaratilganligi, Suriyadagi keskinlik darajasi pasaytirilganligini eslatib o‘tdi.
Suriya bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi o‘tgan yilning 23—24-yanvar kunlari Ostonada bo‘lib o‘tdi. 2017-yilning dekabrida Qozog‘iston poytaxtida Suriya bo‘yicha sakkizinchi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)