Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kamchatkada qutqaruvchilar daryoning muzlamagan joyiga tushib ketgan sinfdoshini qutqargan to‘rt nafar maktab o‘quvchisini mukofotlamoqchi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbariyati to‘rt nafar qizni jasorati uchun mukofotlaydi”, — deyiladi xabarda.

4-yanvar kuni maktab o‘quvchilari daryo yaqinidagi Lenin ko‘chasida sirpanmoqchi bo‘lgan. Dastlab o‘quvchilar orasidagi o‘g‘il bola muz ustida sirpana boshlagan va muzlagan daryoga borib qolgan. To‘xtashga ulgurmagan maktab o‘quvchisi daryoning muzlamay qolgan joyiga tushib ketgan. Shunda Kristina Rogovseva, Viktoriya Sovbun, Alisa Xachaturyan va Kristina Bekerlar bolaga yordamga shoshiladi.

“Qizlar qiyinchilik bilan sinfdoshini suvdan tortib chiqargan, uning ho‘l bo‘lgan ustki kiyimlarini yechib, issiq qo‘lqop kiydirgan hamda uyiga olib borgan”, —, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan