AQSh harbiy-havo kuchlari B-52H strategik bombardimonchilarini Buyuk Britaniya aviabazalariga yubordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Transatlantik parvozdan so‘ng Ferford aviabazasiga Qo‘shma Shtatlarning ikki strategik bombardimonchisi qo‘ngani bildirilmoqda. Yana bir samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli Mildenxoll aviabazasiga qo‘ndi.
Ularning uchchovi ham AQShning Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot aviabazasida joylashgan 5-bombardimonchi aviaqanot tarkibiga kiradi.
Strategik bombardimonchilar Yevropaga yuborilishidan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar oshkor etilmadi.
Izoh (0)