Iroqning Mosul shahrida IShID terrorchi guruhining ommaviy qatllarini amalga oshirishda faol qatnashgan Oq soqol laqabli jangari Abu Umar qo‘lga olindi. Bu haqda, mahalliy hokimiyat vakili Zuxayr Xazzin al-Jaburiyga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, jangari Mosuldagi politsiya uchastkalaridan biriga olib kelingan. Ammo bir muddatdan so‘ng u politsiyaga 7,5 ming dollar pora berib, idorani tark etgan.
Abu Umarni qo‘yib yuborgan politsiyachilarga nisbatan chora ko‘rilishi aytilmoqda. Ammo bu qanday choralar bo‘lishi hozircha noma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)