O‘zbekiston moliya vazirligi 2017-yil 29-dekabrida Toshkent issiqlik elektr stansiyasi tomonidan Qibray tumaniga yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun yangi tarifni belgiladi. U 2018-yil 20-yanvaridan kuchga kiradi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Issiq suv va isitish uchun yangi tarif barcha iste’molchilar, shu jumladan, qayta sotuvchi iste’molchilar hamda issiqxona-parnik xo‘jaliklari uchun bir xil — 1 Gkal uchun 62600 so‘m bo‘ladi (hozirgi narx — 57520 so‘m). “Issiqlik manbai” korxonasi uchun tarif o‘zgarmaydi.
29-dekabrda belgilangan tarif kuchga kirishi bilan 2017-yil 4-avgustda belgilangan tarif kuchini yo‘qotadi.
Izoh (0)