• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tayinlov va iste’folarga to‘la sessiya: Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida kimlarni qaysi lavozimga tayinladi?

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni Toshkent viloyatini aylandi. Tashrif davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident nutq bilan chiqish qildi. Manbalarning xabar berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan yig‘ilishda ko‘plab tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

    Ishdan olinganlar

    Viloyat prokurori va bosh militsioneri ishdan ketadi. “Xabar.uz” xabariga ko‘ra, Prezident sessiya davomida O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayevga Toshkent viloyati prokurorini, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga esa viloyat IIB boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan. “Kun.uz”ning o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, viloyat prokurori Ulug‘bek Sunnatov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Saidkarim Nishonboyev “berilgan vazifalar bajarilmagani uchun” ishdan olingan. Qayd etish joiz, Sunnatov viloyat prokurori etib tayinlanguniga qadar O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari, Nishonboyev bo‘lsa ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan edi.

    Ulug‘bek Sunnatov.

    Ulug‘bek Sunnatov.
    Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi (arxiv)

    Bo‘stonliq tumani hokimi va soliq inspeksiyasi rahbari sessiyaning o‘zida Prezident tomonidan ishdan olindi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”. Nashr manbasi bergan xabarga ko‘ra, ular “turizmni rivojlantirmagani, bu borada biror taklif bilan chiqmagani va oyog‘i yerdan uzilgani uchun” lavozimdan olingan. “Kun.uz”ning qayd etishicha, ishdan olingan hokim Baxtiyor Sultonov 2017-yil iyulida Ibrohim Hasanov o‘rniga Bo‘stonliq rahbariga aylangan edi.

    Viloyatdagi to‘rtta tumanning soliq va moliya rahbarlari yoppasiga ishdan olingan. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda, biroq gap aynan qaysi tumanlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan (nashr Prezidentning ushbu holat yuzasidan mas’ullarga qarata aytgan gapidan shunday iqtibos keltirgan: “Internetda e’lon qil, ularning o‘rniga odam top!”). Qayd etishlaricha, ular mahalliy byudjetga soliq tushumini bajarmagan.

    Tayinlanganlar

    Viloyat hokimi lavozimidan “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasi olib tashlandi. Toshkent viloyatining avvalgi hokimi Shukrullo Boboyev 2017-yil oktabrida ishdan olingan edi (u va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov paxta hosiliga qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yganlikda ayblangan edi). Boboyev o‘rniga 30-oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 5-yanvardagi sessiyada Ibragimov viloyat hokimi lavozimiga to‘la tasdiqlangan. “Xabar.uz”ning xabar berishicha, Prezident amal kursisi aslida sinov ekanini eslatib, G‘ulomjon Ibragimovni “o‘zim ishongan kadr” deb atagan.

    G‘ulomjon Ibragimov.

    G‘ulomjon Ibragimov.
    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Toshkent viloyati ma’muriy markazi — Nurafshon shahriga hokim tayinlandi. Shu vaqtgacha viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmon Rahimov Nurafshon shahri hokimi etib tayinlangan. Ma’lumot uchun, Nurafshon — sobiq To‘ytepa shahrining yangi nomi; bu aholi punktini yaqin yillar ichida O‘zbekistondagi ilk “aqlli” shaharga aylantirish rejalashtirilgan.

    Viloyat hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Xususan, Nurafshon shahriga hokim bo‘lib ketgan Usmon Rahimov o‘rnini Sanjar Yusupov egallagan. “Xabar.uz”ning yozishicha, sessiyada hokimning yana bir o‘rinbosari tayinlangani aytilgan, ammo uning ismi va lavozimi ma’lum qilinmagan. 6-yanvar holatiga ko‘ra, bu haqda biror rasmiy manba axborot bermagan edi.

    Sessiyadan tashqari — 6-yanvar kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi To‘raqul Arziqulov Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar berdi. Arziqulov bungacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.

    Ogohlantirishlar

    Prezidentdan beruxsat hokimlarni tergov qilish yo‘q! “O‘zbekiston rahbari kimda-kim Prezidentdan beruxsat viloyat, tuman hokimini tergovga chaqirsa, qamalishini aytgan. Turli tashkilotlarga yangi hokim (G‘ulomjon Ibragimov)ni g‘iybat va muhokama qilmaslikni buyurgan”, — deb yozadi “Xabar.uz” o‘z manbasiga asoslanib.

    Odamlar rozi bo‘lmaguncha kabinetda o‘tirish yo‘q! Sessiyada Shavkat Mirziyoyev tuman va shaharlar uchun mas’ul to‘rt sektor rahbari — hokim, prokuror, soliq idorasi rahbari va IIB boshlig‘i qanday ishlashi kerakligini aytgan. “Odamlar to rozi bo‘lmaguncha, to‘rtta sektor rahbari kabinetda o‘tirmaydi”, — degan Prezident.

    Endi Toshkent shahridan turib ishlash yo‘q! Xabar berishlaricha, Shavkat Mirziyoyev viloyatning ko‘plab tashkilotlari hali ham Toshkent shahrida faoliyat yuritayotganini tanqid qilgan va mas’ullarga ularni tez fursatda Nurafshon shahriga ko‘chirish haqida topshiriq bergan. “Barcha tashkilotlar Nurafshonga tezroq ko‘chsin”, — deya Prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Xabar.uz”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Hokim atrofida uyushmasanglar, viloyat ikkiga bo‘linadi!”, — deb ogohlantirgan Prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi 7 ta shahar muammolari bilan bosh vazir Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov shug‘ullanadi. “Agar shunda ham o‘zgarish bo‘lmasa, viloyatni ikkiga bo‘laman”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    06.01.2018, 21:29   Izoh (0)   106872
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Shanxay xalqaro biznes maktabi tashkil etiladi

    06.01.2018, 21:06

    O‘zbekistonda birinchi marta: Tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari o‘qishni 5 oy avval tugatdi va 8-yanvardan viloyatlarda ish boshlaydi

    06.01.2018, 19:59

    Boysunda qo‘y junidan inson uchun foydali modda olish yo‘lga qo‘yiladi

    06.01.2018, 19:31

    Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi

    06.01.2018, 18:59

    Xorazmda profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va avtomashinalar topshirildi (foto)

    06.01.2018, 18:44

    Shavkat Mirziyoyev: Kelasi yildan ko‘mir importiga chek qo‘yamiz. Ko‘mir narxi arzonlashadi

    06.01.2018, 18:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Havodan benzin olish: yangi ixtiro insoniyatni yoqilg‘i inqirozidan qutqarishi mumkin

    Texnologiyalar | 11 avgust, 13:09

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.