“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
22:35, 03.01.2018 5990

Afg‘oniston maxsus xizmatlari Kobulda terakt tayyorlagan IShIDning 13 jangarisini qo‘lga oldi

Afg‘oniston maxsus xizmatlari IShIDning Kobulda terakt tayyorlagan 13 jangarisini qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP

“Guruh Kobulda katta teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. Terrorchilarga ko‘mak ko‘rsatgan, xudkushlarga poytaxtda harakatlanishda yordam bergan”, — deyiladi afg‘on xavfsizlik organlari press-relizida.

Qo‘lga olinganlar orasida chet elliklar ham borligi bildirilmoqda, biroq ularning qaysi davlat fuqarolari ekanligi ma’lum qilinmadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Boshqa yangiliklar