23-dekabr kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelgan ayol ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“23-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ‘Tozalash-Antiterror’ tadbiri davomida taxminan soat 20:30 larda 1984-yilda tug‘ilgan Djekinbayeva Marjona Xo‘jaxmedovna Yakkasaroy tumani hududida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib, 300 ming so‘m pul evaziga A. va G.larni jinsiy aloqa qilishi uchun tanishtirib qo‘ygani aniqlangan”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 131-moddasi 1-qismi (g‘arazli niyatlarda qo‘shmachilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)