Isroil politsiyasi Quddusning falastinliklar istiqomat qiluvchi hududlarida 16 ta yangi uchastka tashkil etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, xavfsizlik choralari qatorida politsiya bosh ofisi binosi qurilishi ham bor.
Mazkur choralar falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi ziddiyatning o‘tkirlashishi bilan bog‘liq. AQSh tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishidan so‘ng shahardagi vaziyat keskinlashib ketdi.
Izoh (0)