AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinga atalgan shubhali sovg‘a uning Los-Anjelesdagi qo‘shnisiga yetkazildi. Ammo chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilar va sapyorlar sovg‘a qutisi ichidan bomba emas, ot tezagini topdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Sovg‘a ustiga “Amerika xalqi nomidan” deb yozilgan edi. Sovg‘a kelgan payti vazirning o‘zi uyda edi.
Taxmin qilinishicha, sovg‘ani yuborgan shaxs soliq islohotidan noroziligini shu yo‘l bilan ifodalamoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)