Mol-mulki 5,5 milliard dollar baholanayotgan “Yulduzlar jangi” rejissori Jorj Lukas AQShda 2017-yilning eng badavlat mashhur shaxsi deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Forbes

Forbes jurnali ro‘yxatida birinchi uchlikka rejissor Stiven Spilberg (3,6 milliard dollar) va teleboshlovchi Opra Uinfri (2,8 milliard dollar) ham kirdi.

Umumiy mol-dunyosi 18 milliard dollardan iborat 10 nafar badavlat mashhur shaxs ro‘yxatidan, shuningdek, Maykl Jordan (1,4 milliard dollar), illyuzionchi va shoumen Devid Kopperfild (875 million), reperlar Diddy (820 million dollar), Jay–Z (810 million dollar) va Dr. Dre (740 million dollar), detektiv romanlar muallifi Jeyms Patterson (730 million dollar) ham o‘rin oldi.