Muhim odatlar muvaffaqiyatli tartib-qoidaning asosiga aylanib qoladi. Ularni shakllantirsangiz, sizga mukammallashish va o‘z maqsadingizga erishish osonroq bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

Odatlar bizning harakatlarimiz va uning natijalarini kutganimizdek qila oladi. Organizm avtopilot holatida harakat qilsa, qanday ahvolda bo‘lishingizdan qat’i nazar, siz yaxshi ishlaysiz.

Gap aniq bir harakatda emas, balki maqsaddadir. Charlz Daxiggning fikriga ko‘ra, muhim odatlarning kuchi bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurimizni o‘zgartirish qobiliyatida ekan.

Har qanday harakat, agar u sizga o‘zingizni yangi holatda ko‘rishga yordam bersagina muhim odat bo‘la olishi mumkin.

Bir qarashda oddiy va ahamiyatsiz bo‘lgan odatlar kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, bular shunday harakatlar bo‘lishi mumkin:

  • Erta turish. Sizda hech kim chalg‘itmaydigan qo‘shimcha bir-ikki soat bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi. Bu vaqtni siz anchadan beri shug‘ullanishni orzu qilib yurgan o‘zingizning sevimli mashg‘ulotingizga bag‘ishlashingiz mumkin. Buning ustiga ertalabni unumli o‘tkazish butun kun davomida o‘zingizni dadilroq his qilishingizga yordam beradi.
  • To‘shakni yig‘ishtirish. O‘rinsiz eshitiladi, lekin kimlar uchundir bu oddiy harakat tartib-intizomga keltiruvchi va nazorat tuyg‘usini beruvchi kichkina g‘alaba hisoblanadi.
  • Meditatsiya qilish. Meditatsiya stress va xavotirlikni kamaytirishga yordam beradi, hissiy barqarorlikni rivojlantiradi. Jarayonda paydo bo‘ladigan xotirjamlik esa qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladi.

Aynan shu misollarga amal qilish shart deb o‘ylamang. O‘zingizga yoqadigan biron bir odatlardan boshlang va asta-sekinlik bilan oldinga qarab harakat qiling.

Manba: “Layfxaker”