Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘zA.
Bu yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari, 2018–2019-yillarda hudud sanoatini rivojlantirish dasturi, samarasiz foydalanilayotgan obyektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari, Orolbo‘yi aholisi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi.
Davlat rahbari Qoraqalpog‘iston sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish, qo‘shicha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, meva-sabzavot va qizilmiya eksportini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mamlakat sanoati uchun juda zarur bo‘lgan metall ma’daniga ega Tebinbuloq konini o‘zlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)