Amerikalik olimlar to‘satdan yuzaga keladigan tirbandliklardan haydovchilar barcha qo‘shni mashinalarga nisbatan masofani saqlagan holda qutulishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Yirik shaharlarning muammosi avariya, yo‘l kesishmalari va boshqa obyektiv sabab bo‘lmagan holda ham kutilmagan joyda yuzaga keladigan tasodifiy tirbandliklar hisoblanadi.

Olimlar matematik model yordamida tajriba o‘tkazib ko‘rdi. Ular avtomobillarni bir-biriga prujina va tebranishni pasaytirgichlar yordamida bog‘langan yuklar ko‘rinishida tasavvur qildi. Bunday oddiy yondashuv bitta avtomobil to‘satdan sekinlaganda boshqa avtomobillarni ham sekinlashishga majbur qiluvchi vaziyatni modellashtirishga imkon beradi.

Natijada o‘ziga xos to‘lqin hosil bo‘ladi va boshqa mashinalar bo‘ylab tarqalib, doimiy ravishda pasayib boradi. agar bunday to‘lqinlar kamroq hosil bo‘lsa, oqim nisbatan bir xil tezlikda harakatlanadi. Biror mashina tezligining oshishi esa tirbandlikni yuzaga keltiradi. Mashinalar orasidagi masofa esa buziladi.

Olimlar har tomonlama masofani saqlashda datchiklar to‘plami va oddiy bort kompyuteri yordam beradi, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha mashinalarni bunday qurilmalar bilan jihozlash megapolislar uchun yangi yo‘llar qurishdan ko‘ra arzonroqqa tushadi.