13-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasini aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Tadbir jarayonida Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Chorsu buyum bozori”ning avtoturargohida o‘zining shubhali harakatlari bilan e’tiborni jalb qilgan fuqaro, 1986-yilda tug‘ilgan Xaydarov Dilmurod Ma’rufovich tekshirish uchun to‘xtatildi.
Shundan so‘ng o‘tkazilgan tekshiruv davomida uning yonidagi sellofan paket ichida 3 mingta “Treniya-413” pirotexnika buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Izoh (0)