Amirliklarda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida Braziliyaning “Gremio” hamda Ispaniyaning “Real” klublari to‘p suradi.
“Gremio” Jahon Chempionati finaliga chiqdi. Bugun “Al-Jazira” Madridning “Real” klubiga qarshi saf tortadi
Ispaniya La Ligasining so‘nggi turida “Sevilya” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, shundan keyin yo‘lga chiqqan “Qirollik klubi”, mundialdagi ilk o‘yinida BAA chempioni “Al-Jazira”ni taslim qildi — 2:1. Hisob mezbonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, ular ustunlikni saqlab qola olmadi.Shu kuni hakamlar brigadasi takroriy lavhalardagi ko‘rinish sabab avval “Al-Jazira”ning, keyinroq “Real”ning golini bekor qildi. Madridliklardan Garet Beyl jarohatidan qaytgani bilan o‘z muxlislarini xursand qilibgina qolmay, gol urishga ham erishdi.
Statistikaga ko‘ra, “Real” Jahon Chempionatlarida gol urish borasida Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan tenglashib olgan. Har ikki tomon klublar mundialida hozirgacha 23 tadan gol urishga erishgan.
“Real”ga qarshi o‘yinda “Al-Jazira” safida o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov maydonga tushirilmadi. U avvalgi ikki o‘yinda bo‘lgani kabi zaxirada qoldi.
“Gremio” va “Real” o‘rtasidagi final 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Al-Jazira” esa 3-o‘rin uchun Meksikaning “Pachuka” klubiga qarshi harakat qiladi.
Jahon Chempionati Yarim final 13-dekabr, chorshanba
Izoh (0)